Loading...

Matyakubov Nurbek Rayimberganovich

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor

Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

 Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha prorektor lavozim vazifalari: 

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

• Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

• Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

• Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

• Talaba-yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish;

• Ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarishni takomillashtirib borish;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish mexanizmini vujudga keltirish;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qilish;

• Vakolatli davlat organlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini oliy ta’lim muassasasi jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

• Ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni ta’minlash;

• Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda talabalardagi ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;

• Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq- tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

• Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;

• Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

• Ijtimoiy-gumanitar kafedralarda o‘qitiladigan fanlarni uslubiy va informatsion (adabiyot, qo‘llanma va sh.k.) ta’minlashni, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;

• Ijtimoiy-gumanitar fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash;

• Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish. Ta’lim muassasasida talaba-o‘quvchilarning qiziqishlariga muvofiq yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar, kichik korxonalar, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan (haq to‘lanadigan) tuzilmalar tashkil etish;

• Ta’lim muassasasida talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;

• Talaba-o‘quvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish. Ta’lim muassasasi axborot resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;

• Ta’lim muassasasi sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;

• Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;

• Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va ta’lim muassasasining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;

• Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;

• Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari ko‘riklarini va olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;

• Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;

• Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;

• Professor-o‘qituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori muomala madaniyatini tarkib toptirish.

Matyakubov Nurbek Rayimberganovich

             Matyakubov Nurbek Rayimberganovich Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 2009-2013 yillarda Urganch davlat universiteti tarix ta’lim yo‘nalishini bakalavr va 2013-2015 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti “Davlat boshqaruvi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichlarini tugallagan. 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezident davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Hozirda Urganch innovatsion universitetida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i  hamda ichki o‘rindoshlik asosida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. 2022-yilda “O‘zbekistonda uy-joy siyosati (1991-2021 yy.): tarixiy tahlil” mavzusida 07.00.01 – Ozbekiston tarixi ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. 60 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta risola, 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi.

Nurbek Matyakubov ilmiy-pedagogik ishlaridan tashqari ilmiy-tadqiqot loyihalarini, fan-texnika ishlanmalarini bajarishda ham faol ishtirok qilmoqda.

O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati Qo‘shko‘pir tumani bo‘linmasi Xalq deputatalari Viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi ko‘magida amalga oshirilayotgan №2 shifrli “Mahallamni obod etaman” mavzusidagi grantda ilmiy xodim lavozimida jamoatchilik asosida ishlab kelmoqda.

Matyakubov Nurbek Rayimberganovich o‘zining ilmiy, ilmiy-uslubiy va amaliy ishlari bilan respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda chiqishlar qilib kelmoqda.  

Matyakubov Nurbek viloyat miqyosida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok qilib kelmoqda. U ilmiy amaliy tajribalarini tarix fanlarining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalarda nomoyon qilmoqda. Universitet miqyosida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishida va har bir tadbirda shaxsan o‘zi faollik ko‘rsatib o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok qiladi. U o‘z ishiga mas’uliyatli, talabchan va izlanuvchan rahbar sifatida talabalar hamda jamoa a’zolari orasida katta hurmatga sazovor.

Matyakubov Nurbek ish tajribasi, kasb sohasiga muvofiq ilmiy pedagogik kadr sifatida  mas’uliyatli.  Ma’ruza, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarini talab darajasida olib boradi, talabalar bilan ishlanishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali hamda maqsadli foydalanadi. Ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy masalalar bo‘yicha zarur axborotlarga ega, mustaqil va mas’uliyatli yondoshgan holda uzoqni ko‘zlab ish yuritadi. 

Mehnat faoliyati davrida “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni va “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.  

Sertifikatlar va yutuqlar