Loading...
Boshlang‘ich ta’limni bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Ta’lim” sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib. Pedagogika sohasining bir yo‘nalishi bo‘lib, asosan 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishga ixtisoslashgan. Bu yo‘nalishda o‘qiyotgan talaba boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lishga tayyorlanadi.
“Psixologiya” ta’lim-bu insonning ruhiy hayoti, xulq-atvori, fikrlash tarzlari, hissiyotlari, motivatsiyasi va ijtimoiy munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan fan sohasidir. Ushbu yo‘nalishda tahsil olgan talabalar inson psixikasini chuqur tushunishga va turli psixologik muammolarni aniqlash va hal etish usullarini o‘rganishga tayyorlanadi.
Axborot tizimlari va texnologiyalari- IT sohasida turli mutaxassisliklarda ishlashi mumkin. Uning ish yo‘nalishi qaysi soha va yo‘nalishni tanlaganiga qarab shakllanadi.
O‘zbek tili filologiyasi — bu til va adabiyotning tuzilishi, rivojlanishi, madaniyati va jamiyatdagi o‘rni bilan shug‘ullanuvchi fan sohasi. Ushbu yo‘nalish o‘zbek tilining grammatikasi, stilistikasi, tarixiy taraqqiyoti, adabiyoti va o‘qitish metodikalarini chuqur o‘rganadi. Shuningdek, o‘zbek tili orqali milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar va madaniyatni o‘rganishga xizmat qiladi.
Ushbu yo‘nalish ingliz tilining fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, stilistikasi va o‘qitish metodikasini o‘rganadi. Shuningdek, ingliz tilida yozilgan adabiy asarlar, madaniyat, muloqot madaniyati va tarjima nazariyasini chuqur o‘rgatadi. Bitiruvchilar ingliz tilini o‘rgatish, tarjima qilish, ilmiy tadqiqot olib borish va xalqaro kommunikatsiyalarda faol ishtirok etishga tayyorlanadi.
Rus tili filologiyasi – bu rus tilining grammatikasi, fonetikasi, leksikasi, stilistikasi, adabiyoti va o‘qitish metodikasini chuqur o‘rganadigan fandir. Ushbu yo‘nalish orqali talaba nafaqat rus tilini puxta o‘zlashtiradi, balki uning tarixiy rivoji, adabiy merosi, tarjimashunoslik, nutq madaniyati, metodika va til o‘rgatish texnologiyalarini ham o‘zlashtiradi. Rus tilini yaxshi biladigan kadrlar bugungi kunda turli sohalarda talabgir hisoblanadi.
Iqtisodiyot – bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilish sohasini oʻrganadi. Umuman olganda, u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar, nutqlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha hisoblanadi.
Tarix – tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayonlarini, shu maʼnoda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va boshqa tarixiy jarayonlarni o‘rganadi. Shuningdek, tarix - insoniyat va uning mahsuli boʻlgan sivilizatsiyalar rivoji, jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraqqiyoti jarayonini oʻrganuvchi fandir.
Tarix magistratura mutaxassisligi – Ushbu mutaxassislik sizga tarixiy bilimlarni chuqur o‘rganish va mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu mutaxassislik tarixiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish, tarixiy manbalarni tadqiq etish va tarix fanini rivojlantirish uchun zaruriy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi. Dastur davomida talabalar zamonaviy tadqiqot metodologiyalari, tarixiy tafakkur, madaniyatlararo aloqalar va tarixiy hodisalarni tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Shuningdek, ular o‘z ilmiy loyihalari ustida ishlash orqali mustaqil tadqiqot olib borishga tayyorlanadilar.
O‘zbek tili — bu til va adabiyotning tuzilishi, rivojlanishi, madaniyati va jamiyatdagi o‘rni bilan shug‘ullanuvchi fan sohasi. Ushbu yo‘nalish o‘zbek tilining grammatikasi, stilistikasi, tarixiy taraqqiyoti, adabiyoti va o‘qitish metodikalarini chuqur o‘rganadi. Shuningdek, o‘zbek tili orqali milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar va madaniyatni o‘rganishga xizmat qiladi.
Bu yo‘nalishda tahsil olgan mutaxassis rus tilining tuzilishi, grammatikasi, stilistikasi, fonetikasi, semantikasi, tarixiy taraqqiyoti, dialektologiyasi, rus madaniyati va til o‘rgatish metodikasi bo‘yicha chuqur ilmiy va amaliy bilimga ega bo‘ladi. Ular o‘quvchi yoki tinglovchilarga tilni o‘rgatish, tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot olib borish va tarjima qilish sohalarida faoliyat yurita oladi.
Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari ingliz tilining fonetikasi, grammatikasi, stilistikasi, semantikasi, pragmatikasi, tarixiy rivojlanishi, madaniyat bilan bog‘liqligi va til o‘qitish metodikasi bo‘yicha chuqur ilmiy-amaliy tayyorgarlikka ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar nafaqat ta’lim, balki tarjima, kontent yaratish, xalqaro hamkorlik va media sohalarida ham faoliyat yurita oladi.