Call center

Urganch innovatsion universitetida “Yoshlar orasida erta turmushning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida “Yoshlar orasida erta turmushning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Bekchanova hamda tyutor M. Niyozova ishtirok etdi. Davra suhbati davomida nikoh qurish nafaqat insoniyat naslini davom ettiruvchi, balki inson sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlovchi, jamiyat barqarorligini saqlashda muhim o‘rin tutuvchi muqaddas qadriyat ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, nikoh masalasiga puxta o‘ylab, mas’uliyat bilan yondashish lozimligi, oila mustahkamligi jamiyat mustahkamligining asosi ekanligi alohida qayd etildi. Bugungi kunda yoshlar orasida erta turmush qurish holatlari yoki yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishga intilishlar uchrab turgani, bunday holatlar esa turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbir davomida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning huquqiy, ma’naviy va psixologik bilimlarini oshirish borasida muhim tavsiya va maslahatlar berildi.

  • 11:35 31/01/2026