Urganch innovatsion universitetida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, dotsent N. Matyakubov, rektor maslahatchisi G‘. Matsapayev hamda profilaktika inspektori, mayor M. Berdiyevlar so‘zga chiqib, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan zararli g‘oyalardan asrash, tanqidiy fikrlashni kuchaytirish va huquqiy savodxonlikni oshirishning ahamiyati, yoshlarni huquqbuzarlik, giyohvandlik kabi illatlardan himoya qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, terrorizm va diniy ekstremizm, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun barchaning ogoh va mas’ul bo‘lishi zarurligi, shuningdek, bugungi kunda dolzarb muammoga aylanib borayotgan kiberjinoyatlar, jumladan bank plastik kartalaridagi mablag‘larni jinoyiy tajovuzlardan himoya qilish masalalari yuzasidan ham atroflicha ma’lumotlar berildi.
HURMATLI TALABA! OGOH BO‘LING!
ZERO, SIZ O‘ZINGIZ VA ATROFDAGILAR HAYOTI UCHUN HAM MAS’ULSIZ!