Urganch innovatsion universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurash va favqulodda holatlarda yoshlarning mas’uliyati va tayyorgarligi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent N. Matyakubov, rektor maslahatchisi G‘. Matsapayev hamda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i F. Jumabayevlar so‘zga chiqdi.
So‘zga chiqqanlar korrupsiya mavjud bo‘lgan joyda rivojlanish bo‘lmasligi, chunki korrupsiya shaffoflikni yo‘qotishi, shaffoflik bo‘lmagan muhitda esa o‘sish va taraqqiyot sur’atlari pasayib ketishini ta’kidladilar. Xususan, ta’lim tizimida korrupsion holatlarning uchrashi bilim olish istagi bilan ta’lim olayotgan yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, intilishi va bilimga bo‘lgan qiziqishining asta-sekin so‘nishiga olib kelishi mumkinligi qayd etildi. Bunday salbiy holatlarning oldini olishda har birimiz mas’ul ekanligimiz alohida urg‘ulandi.
Bir so‘z bilan aytganda, tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurash va favqulodda holatlarda yoshlarning mas’uliyati va tayyorgarligi” mavzusi atroflicha muhokama qilindi.