Call center

Prezident farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.


Prezident farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”
PF-173-son Farmoniga (https://lex.uz/docs/7735323) asosan, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha respublika miqyosida muhim tadbir o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich: 15–31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch innovatsion universitetida ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari faol olib borilmoqda.

  • 12:00 15/01/2026