Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi **“O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”**gi PF-173-son Farmoniga muvofiq, yurtimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Mazkur muhim tadbir oldidan, bugun — 13-yanvar kuni 😀 Urganch innovatsion universitetida seminar tashkil etildi. Unda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori N. Matyakubov hamda Xorazm viloyati Statistika boshqarmasi xodimi Z. Babajonov professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga aholini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, seminar davomida census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi, hamda jarayonni samarali tashkil etishda statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.