Call center

Urganch innovatsion universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida professor Qahramon Rajabovning


Urganch innovatsion universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida professor Qahramon Rajabovning «Shayboniyxon», «Ubaydullaxon» hamda «Abdullaxon» kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda «35 yillikka — 35 kitob taqdimoti» shiori ostida tashkil etilgan kitobxonlik bayrami doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, dotsent N. Matyakubov ochib berib, Tarix fanlari doktori, professor, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Qahramon Rajabovning boy ilmiy merosi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng Qahramon Rajabov «Shayboniyxon», «Ubaydullaxon» hamda «Abdullaxon» tarixiy asarlarining yaratilishi, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida so‘z yuritdi. Ko‘p yillik izlanishlari natijasida yaratilgan ushbu asarlar buyuk tariximizni yanada chuqurroq o‘rganishimiz lozimligini, zero, bizning har qancha faxrlansak va undan ibrat olsak arziydigan tariximiz borligini ko‘rsatadi.

Tadbirning ahamiyatli jihati shundaki, shaxsan muallifning o‘zi tomonidan taqdim etilgan yangi va qimmatli ma’lumotlar professor-o‘qituvchilarimizning alohida e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

🟢 Tadbir yakunida bo‘lib o‘tgan savol-javoblar jarayonida tarix fanidan dars beruvchi hamda tarixga chuqur qiziqish bilan qaraydigan o‘qituvchilarimiz bugun o‘rgangan yangi bilimlarini talaba-yoshlar bilan bo‘lishishlarini, ushbu tarixiy asarlarni ularga tavsiya qilishlarini, muallifdan esa shunga o‘xshash yetuk va qimmatli asarlarni kutib qolishlarini alohida ta’kidladilar.

  • 16:27 26/08/2026