Call center

Urganch innovatsion universitetida "Kiberjinoyatlarga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.


Urganch innovatsion universitetida "Kiberjinoyatlarga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda Xorazm viloyati IIB JQB xodimlari M. Xudayberganov hamda M. Xudayberganov, shuningdek, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Sh. Roʻzmatov, T. Rahimberganov va universitet profilaktika inspektori mayor M. Berdiyevlar ishtirok etib, kiberjinoyatlar, xususan, uyali telefonlar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.

Xususan, tadbir davomida talabalarga:

  • uyali telefonlarda xavfsizlikni ta’minlash usullari;
  • shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish choralari;
  • internet va ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlik qoidalari;
  • firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar
    tushuntirildi.

Shuningdek, tadbir davomida talabalarga uyali qurilmalarga maxsus xavfsizlik dasturlarini o‘rnatish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Albatta, bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi talabalarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish va ularni turli tahdidlardan himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

  • 16:45 13/04/2026