Urganch innovatsion universitetida navbatdagi Rektor oldi Kengashi bo‘lib o‘tdi.
Universitet rektori v.v.b., dotsent Ismoilov Shukurulloh Habibullo o'g'li raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi va sifati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samarali o‘tkazilishi, ilmiy sohadagi o‘zgarishlar, xalqaro aloqalar hamda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konferensiyalar va universitet hayotiga oid boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.