Call center

Urganch innovatsion universitetida Fevral — Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida “Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida Fevral — Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida “Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda rektor maslahatchisi G’. Matsapayev giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishning samarali yo‘llari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, qonuniy ta’sir choralarini qo‘llash masalalari haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, aholining bu illatga qarshi immunitetini shakllantirish orqali qaramlikning oldini olish, ota-onalarning farzandlari bilan doimiy muloqotda bo‘lishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Giyohvandlik va psixotrop moddalarning oldini olish ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi. Bunda profilaktika (ma’naviy-ma’rifiy ishlar) va qat’iy huquqiy chora-tadbirlarni birgalikda qo‘llash jamiyatda ushbu illat tarqalishini samarali kamaytirishga xizmat qiladi.

  • 12:32 16/02/2026