Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tashkil topganining 90 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori v.v.b. S. Xodjaniyozov ochib berdi.
Shundan so‘ng, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S. Salayev viloyat hokimi J. Rahimovning tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi B. Abdullayev ham ishtirok etib, universitetning 90 yillik sharafli tarixini, ilm-fan va ma’rifat yo‘lida erishilgan yutuqlarini, ta’lim sifatini oshirish hamda ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Tantanali tadbirda Urganch innovatsion universitetining barcha prorektorlari ishtirok etib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasini 90 yillik yubileyi bilan samimiy qutladilar hamda ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlik sohasida erishilayotgan yutuqlarni alohida e’tirof etdilar.