Urganch innovatsion universitetida "Giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va kiberjinoyatchilikdan ogoh bo‘ling" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektor maslahatchisi G'. Matsapayev so‘zga chiqib, jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishi hamda kiberjinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash o‘ta muhim masala ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Mazkur mas’uliyatli vazifa aslida fuqaro sifatida har birimizning zimmamizda ekani, ogoh bo‘lish, o‘zimiz hamda yaqinlarimizni asrash barchamizning burchimiz ekani alohida qayd etildi.