Call center

Urganch innovatsion universitetida 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda "Shuhrat" medali sohibasi, Turon fanlar akademiyasi akademigi, Urganch innovatsion universiteti dotsenti, shoira S. Samandarova hamda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, “Ayol ma’rifati” jamoat kengashi a’zosi N. Bekchanova so‘zga chiqib, jamiyatimiz hayotida ilm-fan, ta’lim, sport, san’at kabi turli sohalarda faol ishtirok etib kelayotgan, tashabbuskor, izlanuvchan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan ayol-qizlar hamda ularning yutuqlari haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, tadbir davomida universitetimizda faoliyat yuritayotgan, ilm-fan sohasida yuksak marralarni zabt etayotgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-qizlarning muvaffaqiyatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

  • 14:54 10/02/2026