Call center

Urganch innovatsion universitetida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha “O‘zbek va xorijiy filologiya” kafedrasi o‘qituvchilari, xususan, kafedra dotsenti, f.f.n. O‘.Panayeva hamda kafedra katta o‘qituvchisi E.Niyezmetovlar tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.

Unda oliygoh professor-o‘qituvchilari, yozuvchi va shoirlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Professor-o‘qituvchilarning so‘nggi yillarda Navoiy dahosini anglash va o‘rganish borasidagi ilmiy izlanishlari yuzasidan yangi ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlarda ikki buyuk ijodkor qalamiga mansub g‘azallar mahorat bilan ijro etildi. Ularning hayot yo‘li, chekkan mashaqqatlari hamda insonparvarlik g‘oyalarini jamiyatga singdirish yo‘lidagi mehnatlari sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.

Navoiy g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqs ijrolari kechaga bayramona ruh bag‘ishladi. Eng muhimi, bu kabi kechalar yoshlarni buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga chorlaydi. Zero, Navoiyni bilmoq – o‘zlikni anglamoqdir.

  • 16:46 09/02/2026