Loading...
Urganch innovatsion universitetida navbatdagi Iqtidorli talabalar jamiyati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Mazkur yig‘ilishda U.Yangiboyeva, M.Samandarova, I.Rustamova, S.Pulatova kabi iqtidorli talabalarning hafta davomida ilmiy faoliyatda amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.
Uchrashuv so‘nggida hafta davomida ilmiy faoliyati bilan chuqur shug‘ullangan hamda eng samarali ish olib borgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tinglangan ma’ruzalar asosida eng faol talaba o‘z tengdoshlari tomonidan ovoz berish yo‘li orqali aniqlandi.
22/01-guruh Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi I.Rustamova eng ko‘p ovozga ega bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi!