Loading...
Urganch innovatsion universitetida navbatdagi Iqtidorli talabalar jamiyati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugungi yig‘ilishda U.Yangiboyeva, S.Tohirova, S.Olimboyeva, G.Otaxonova, I.Rustamova, R.Otaboyeva, N.Masharipova, G.Abdullayeva kabi iqtidorli talabalarning hafta davomida ilmiy faoliyatida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir so‘nggida ma’ruzalar ishtirokchi talabalar tomonidan ovoz berish yo‘li orqali baholandi hamda Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi talabasi G.Otaxonova g‘olib deb topilib, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, iqtidorli talabalar safini kengaytirish, ilmiy faoliyatini va bilim darajasini yanada o‘stirish, ilmiy sohada amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar salmog‘ini ko‘paytirish, iqtidorli talabalarning faolligini kuchaytirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan iqtidorli talabalar tomonidan berilgan takliflar ko‘rib chiqildi.