Loading...
Urganch innovatsion universitetida Inno X dasturi doirasida "Urganch yoshlar texnoparki" davlat muassasasi xodimlari ishtirokida seminar-trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan texnopark yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etishga qaratilganligi, bu yerda yoshlar robototexnika, mexatronika, 3D dasturlash, kompyuter savodxonligi kabi bir qator kurslarda tahsil olishlari, InnoX dasturi doirasida o‘z g‘oyalarini startap loyihaga aylantirishlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari mumkinligi alohida ta’kidlandi.