Urganch innovatsion universiteti mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qiluvchi yoshlarning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bugungi o‘rganish tadbirlarida universitet tyutorlari B. Mavlonov hamda M. Niyozovalar tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qiluvchi talabalarimizning yashash sharoitlari va isitish tizimining holati sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, is gazi xavfining oldini olish borasida zarur maslahat va tavsiyalar berildi.
HURMATLI TALABA! OGOH BO‘LING!
ZERO, SIZ O‘ZINGIZ VA ATROFDAGILAR HAYOTI UCHUN HAM MAS’ULSIZ!