Urganch innovatsion universitetida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida universitet profilaktika inspektori, mayor M. Berdiyev hamda tyutor M. Niyozova tomonidan korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, har bir fuqaroning korrupsiyaga qarshi kurashdagi mas’uliyati, shuningdek, ta’lim tizimida shaffoflik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurati keng tushuntirildi.
Shuningdek, talabalarga korrupsion holatlarning oldini olish, noxolis vaziyatlarga duch kelganda to‘g‘ri yo‘l tutish, murojaat qilish mumkin bo‘lgan kanallar hamda amaldagi qonunchilik normalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.