Call center

Urganch innovatsion universiteti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.


Urganch innovatsion universiteti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida, shuningdek universitet profilaktika inspektori M. Berdiyev hamda sport klubi rahbari Sh. Xudayberganovlar qatnashuvida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda talaba-yoshlarga universitet odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish, jamoat joylarida o‘zlarini munosib tutish, darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida faoliyat yuritayotgan to‘garaklarda muntazam ishtirok etishning foydalari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, turli nohush holatlarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.

  • 10:44 24/01/2026