Urganch innovatsion universitetida “Terrorizm va giyohvandlikni oldini olish” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektorining maslahatchisi G‘. Matsapayev so‘zga chiqib, terrorizmga qarshi kurashish har bir fuqaroning muhim burchi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan turli zararli g‘oyalar ta’siridan asrash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalarining dolzarbligiga alohida e’tibor qaratdi.
Bundan tashqari, yoshlarni ularning sog‘lom hayotiga jiddiy xavf soluvchi giyohvandlik kabi zararli illatlardan himoya qilish uchun jamiyatning barcha a’zolari birdek ogoh va mas’ul bo‘lishi zarurligi qayd etildi.
Hurmatli talaba! Ogoh bo‘ling!
Zero, siz o‘zingiz va atrofdagilar hayoti uchun ham mas’ulsiz!