Yakuniy nazoratlar haqqoniylik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda.
Urganch innovatsion universitetida 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri yakunlari bo‘yicha barcha fanlardan yakuniy nazoratlar belgilangan grafik asosida tashkil etilmoqda.
Yakuniy nazorat jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishi ta’minlanib, imtihonlar davomida grafik asosida biriktirilgan komissiya a’zolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i F. Jumabayev, shuningdek mas’ul xodimlar tomonidan qat’iy nazorat olib borilmoqda.