Urganch innovatsion universitetida navbatdagi Universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Urganch innovatsion universiteti rektori, Turon fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Ishmuratov Madamin Jumabayevich boshchiligida o‘tkazilgan kengashda oliygoh professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ichki attestatsiya natijalari muhokama qilindi.
Shuningdek, universitet hayotiga doir dolzarb masalalar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, barcha muhim masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.