Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar va fidoyi vatandoshlar!
Sizlarni 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Bugungi kunda Vatan himoyasi nafaqat qurol bilan, balki ilm-fan, ta’lim, mehnat va fidoyilik orqali ham namoyon bo‘lmoqda. Jamiyatning turli sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida mas’uliyat bilan mehnat qilayotgan barcha insonlar aslida Vatanimizning tayanchi va himoyachilaridir.
Bugungi kun barchamizga Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada chuqurlashtiradigan, kelajagimizni mustahkamlash uchun fidokorona mehnat qilishga undaydigan ulug‘ ayyomdir.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz va yuksak mas’uliyatingiz tufayli yurtimiz tinch, kelajagimiz porloq bo‘lib bormoqda. Har biringiz o‘z sohangizda Vatan sha’ni va ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Yurtimizning farovon kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash borasidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz osmoni musaffo, kelajagimiz doimo yorug‘ bo‘lsin!
Ishmuratov Madamin Jumaboyevich
Urganch innovatsion universiteti rektori,
Turon fanlar akademiyasi akademigi,
Filologiya fanlari doktori.