Call center

“Talaba Expo – 2025” doirasida talabalarga startap g‘oyalarini moliyalashtirish uchun 500 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi.


“Talaba Expo – 2025” doirasida talabalarga startap g‘oyalarini moliyalashtirish uchun 500 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi.

Bugun Urganch shahrida tashkil etilgan “Talaba Expo – 2025” kasb ko‘rgazmasi doirasida bitiruvchi yoshlar uchun “Kelajakka qadam” seminar-treningi o‘tkazildi. Tadbir davomida mehnat bozoridagi talablar, startap g‘oyalarni ilgari surish, biznes-reja tuzish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar taqdim etildi.

Yakunda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalarning 6 ta istiqbolli startap g‘oyalari moliyalashtirishga tavsiya etilib, ularga 500 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar topshirildi.

  • 14:01 16/10/2025