O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 2-ilovasi 13.3-bandida: "Har bir oliy ta’lim tashkilotida talabalar murojaatlarini tezkor va samarali hal qilish uchun “Tyutorga murojaat" axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish" vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, universitetimiz Raqamli ta'lim texnologiyalari bo'limi tomonidan “Tyutorga murojaat” axborot tizimi ishlab chiqildi.
@uriu_tyutorgamurojat_bot
Bu orqali talabalar o'z taklif va murojaatlarini online ravishda tyutorlarga yetkazishlari mumkin bo'ladi.