Yoshlar Oyligi munosabati bilan “Milliy liboslar ko‘rgazmasi”


Yoshlar Oyligi munosabati bilan “Milliy liboslar ko‘rgazmasi”

Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Yoshlar Oyligi munosabati bilan “Milliy liboslar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

 Tadbirda milliy urf-odatlarimiz va o‘ziga xos an’analarimiz ranglari va jilosida mujassamlashtirilgan o‘zbekona liboslar namoyish etildi, bu esa tadbirga tashrif buyurganlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

 Ishtirokchi jamoalar nafaqat Xorazmning qo‘li gul chevarlari tomonidan yaratilgan liboslarda, balki o‘z qo‘llari bilan tikkan milliy liboslarda ham sahna markazini egalladilar. Bu esa yoshlar qalbi va ongida milliyligimiz va qadriyatlarimizga bo‘lgan ulkan mehr va qiziqishni namoyon etadi.

  • 14:35 12/11/2025