“Yoshlar ittifoqi kubogi” ko‘rik-tanlovi


“Yoshlar ittifoqi kubogi” ko‘rik-tanlovi

 Bugun O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan “Yoshlar ittifoqi kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur tanlovda Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etib, hazil-mutoyibasi va ijodkorliklarini namoyish etishdi. Tadbir yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ularni jamoada ishlashga va ijobiy muhit yaratishga undashga xizmat qildi.

Yakuniy natijalar:
 1-o‘rin – Urganch davlat tibbiyot instituti
 2-o‘rin – Urganch innovatsion universiteti
 3-o‘rin – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

 G‘olib jamoalar 17 noyabr kuni taqdirlanadi.

  • 09:05 12/11/2025