“Bir haftada bir kitob” loyihasi: Fyodor Dostoyevskiy “Jinoyat va Jazo”


“Bir haftada bir kitob” loyihasi: Fyodor Dostoyevskiy “Jinoyat va Jazo”

Urganch innovatsion universitetida o'tkazib kelinayotgan “Bir haftada bir kitob” loyihasining bu galgi soni uchun Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va Jazo” asari tanlab olindi.

 Tadbir ARM xodimlari tomonidan muhokama tarzida olib borildi. Dastavval talaba-yoshlar muallifning hayoti va ijodi borasida qanchalik bilimga ega ekanliklari sinovdan o'tkazildi.

Shundan so‘ng talabalar “Jinoyat va Jazo” asari asosida tayyorlangan savollarga tezkor javob berish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.

 Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  • 14:40 11/11/2025