“Hayot go‘zal, yashamoq baxt” mavzusida davra suhbati


“Hayot go‘zal, yashamoq baxt” mavzusida davra suhbati

Urganch innovatsion universiteti Talabalar turar joyida “Hayot go‘zal, yashamoq baxt” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirni universitet psixologi D. Jumabayeva va Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Bekchanova olib bordi. Unda talaba-yoshlarga hayotning bebaho ne’mat ekanligi, umrning har daqiqasidan unumli foydalanish, har bir insonning maqsad qo‘yishi va harakat qilishi, bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi hamda qobiliyat va iqtidorlarini namoyon qilishi bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Barcha talabalar treningda qiziqish va yuqori kayfiyat bilan ishtirok etdilar hamda o‘zlari qiziqqan savollarga javob oldilar.

  • 10:45 11/11/2025