Diniy bag‘rikenglik — ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat


Diniy bag‘rikenglik — ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat

Urganch innovatsion universitetida “Diniy bag‘rikenglik ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda rektor maslahatchisi G‘. Matsapayev hamda universitet profilaktika inspektori mayor M. Berdiyev so‘zga chiqib, yoshlarni diniy ekstremizm g‘oyalaridan asrash — barqarorlikning muhim omili ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, internetda ekstremistik g‘oyalarning targ‘ibotidan ehtiyot bo‘lish, milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlarni tushunish hamda O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari, turli millat va din vakillari tinch-totuv yashashi va ajdodlarimizning bu an’anani davom ettirganligi haqida ma’lumot berildi.

Diniy bag‘rikenglik — turli diniy e’tiqoddagi kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadi. Bu tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.

  • 14:31 28/10/2025