Talabalar “Uztex Group” tekstil korxonasiga sayohat qilishdi


Talabalar “Uztex Group” tekstil korxonasiga sayohat qilishdi

Urganch innovatsion universiteti talabalari ishtirokida shahrimiz markazida joylashgan “Uztex Group” tekstil sanoat korxonasiga sayohat uyushtirildi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Yoshlar Mehnat Yarmarkasi tadbiridan so‘ng universitet bir qator korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

 Bugungi sayohat Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlarning ta’lim jarayonidan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni doimiy ish bilan ta’minlashga qaratildi.

Uchrashuv davomida talabalarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi va ular uchun yaratiladigan qulaylik hamda sharoitlar bo‘yicha kelishuvga erishildi. Natijada 60 nafar talaba-yosh doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

  • 17:05 27/10/2025