Urganch innovatsion universitetida “Kelajak soati” rukni ostidagi navbatdagi Ma’rifat darsi “O‘zbekiston va Jahon” mavzusida tashkil etildi.
Tadbirda Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD S. Bobojanov ma’ruza qilib, talabalarni O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, roli va ahamiyati, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.
Ma’ruzada yoshlarda milliy g‘urur va yurt sha’nini himoya qilish tuyg‘usini shakllantirish, global jarayonlar, xalqaro hamkorlik va raqobatbardoshlik muhitida faol fuqarolar sifatida ishtirok etishning ahamiyati ta’kidlandi.
Tadbirning talabalar hayotidagi o‘rni shundaki, ular O‘zbekistonning tarixiy ildizlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, xalqaro tashkilotlardagi faoliyati va jahon mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarini tushunib, zamonaviy dunyoda Vatan manfaatlarini himoya qilish va mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga intiladilar.