Urganch innovatsion universitetida GETWORK xususiy bandlik agentligi Xorazm viloyati filiali rahbari Otabek Raximberganov ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbir universitet Yoshlar yetakchisi va Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori D. Bekturdiyev tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda talaba-yoshlarimiz Yevropa, Arab va Osiyo davlatlarida qonuniy ishlash va o‘z faoliyatini tashkil etish borasida muhim ma’lumotlar va tavsiyalar bilan tanishdilar.
Tadbir yoshlarimizni xalqaro mehnat bozorida faoliyat ko‘rsatishga tayyorlashga qaratilgan.