Urganch innovatsion universitetida Yoshlar mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Salayev San’atbek Komilovich hamda Urganch innovatsion universiteti rektori, Turon fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Ishmuratov Madamin Jumaboyevich so‘zga chiqib, bugungi tadbirning ahamiyati va yoshlar bandligini ta’minlashdagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini topish, kasbiy ko‘nikmalarni namoyon etish va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatish imkonini yaratdi.