Call center

“Muammolarga yechim” shiori ostida trening mashg‘uloti tashkil etildi


“Muammolarga yechim” shiori ostida trening mashg‘uloti tashkil etildi

Urganch innovatsion universiteti psixologi D. Jumabayeva tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 25/01-guruh talabalari uchun “Muammolarga yechim” shiori ostida trening mashg‘uloti hamda “Inson qadri” mavzusida jamoaviy suhbat o‘tkazildi.

Trening davomida talabalar bir vaqtning o‘zida bir nechta ma’lumotlarni tahlil qilish, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, xulosalar chiqarish va muammolarga oqilona yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishdi.

Bunday mashg‘ulotlar talabalarda ijobiy kayfiyat, o‘ziga ishonch, jamoada ishlash madaniyati va inson qadriyatlariga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

  • 13:35 22/10/2025