Loading...

“Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi...!” shiori ostida ko‘chat ekish marafoni bo‘lib o‘tdi


2025-yil 15-mart kuni Jizzax viloyatining Jizzax shahrida Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi, Jizzax politexnika instituti
hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi...!”
shiori ostida “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish uchun bahor mavsumida ko‘chat ekish
marafoni va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Shu munosabat bilan o'tkazilgan hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida Respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalari rahbar-xodimlari jam bo'lgan mazkur marafonda Urganch innovatsion universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, dotsent  Masharipov Mansurbek Masharipovich ham ishtirok etib, yurtimizning yashil makonlari kengayishiga o'z hissasini qo'shdi.
Darhaqiqat, mamlakatimizni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish hamda yashil makonlarni barpo etishga o'z hissamizni qo'shish har birimizning burchimizdir!

  • 10:00 16/03/2025