Loading...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch innovatsion universitetida "MAHMUDXO'JA BEHBUDIY — TURKISTON JADIDCHILIK HARAKATINING ASOSCHISI" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Universitet Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan Respublika miqyosida o'tkazilgan ushbu anjumanda  nafaqat oliygohimiz va viloyatimizning ko'zga ko'ringan professor-o'qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari balki Respublikamizning eng ko'zga ko'ringan, Jadidchilik harakati bo'yicha juda uzoq yillardan buyon izlanishlar olib borayotgan  ustozlar, professorlar ham online ishtirok etdilar.

Ilmiy anjumanda Mahmudxo‘ja Behbudiyning evarasi Shohrux Behbudiyning ham ishtirok etishi,  bobokalonining hayoti va ijodi haqida u ham nutq so'zlashi, anjuman ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikrlar va savollarga javob berishi ayniqsa e'tirofga loyiq bo'ldi.

  • 11:23 17/01/2025