Loading...

"YANGI O'ZBEKISTON ARMIYASI — MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI" shiori  ostida  tashkil etilayotgan tadbirlardan yana biri


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga
tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2024-yil
12-dekabrdagi F-62-sonli farmoyishiga muvofiq
Urganch innovatsion universitetida
"YANGI O'ZBEKISTON ARMIYASI — MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI" shiori  ostida  tashkil etilayotgan tadbirlardan yana biri 
Xorazm viloyatida joylashgan Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida bo'lib o'tdi

Harbiy qism xodimlari O'.Berdiqulov, Z.Norqobilov, Q.Suyarov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor N.Matyakubov, rektor maslahatchisi G'.Matsapayev, universitet profilaktikia inspektori mayor M.Berdiyevlar ishtirok etgan davra suhbatida milliy armiyamizning kuch-qudrati, yurtimiz sarhadlarini mardonavor qo'riqlayotgan jasur o'g'lonlarning eng yuksak e'tiroflarga loyiqligi, Qurolli kuchlarimizning tashkil etilganiga 33 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirlarda yoshlarning faolligi xususida so'z bordi.
Shuningdek, tadbir davomida Ona Vatanimizga  munosib xizmat qilish, uning buguni va kelajagi uchun ildam qadamlar tashlash, osoyishta hayotimiz va tinchligimizni qadrlash nafaqat, harbiylarimiz, balki, o'zini Vatan taqdiriga dahldor deb bilgan har bir yurtdoshimizning burchi ekanligi alohida e'tirof etildi!

Tadbir so'nggida oddiy askar Sh.Rustamov tomonidan kuylangan Tinchligimizni madh etuvchi navolar barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi!

  • 10:56 09/01/2025