Loading...
Urganch innovatsion universiteti mas'ullari ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitini o'rgandi. Universitet rektori M.J.Ishmuratov boshchiligida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor PhD. N.Matyakubov, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Allayarova, tyutorlar Sh.Yusupova, M.Ibragimova, J.Komilov, B.Mavlonov, Urganch shahar Baynalmilalchi mahallasi yoshlar yetakchisi R.Abdullayevlar talabalarning to'g'ri ovqatlanishi, uyga berilgan topshiriqlarni muntazam tayyorlashlari va albatta, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun ular istiqomat qilayotgan xonadonlarning nechog'liq ahamiyatli ekanligini hisobga olgan holda ushbu tashriflarni uyushtirdilar. O'tkazilayotgan bu kabi tadbirlar, albatta, yosh avlodning to'g'ri ta'lim va tarbiya olishlari uchun ahamiyatlidir.