Loading...

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qaroriga muvofiq, jismoniy faollik darajasini oshirishda yuqori natijalarga erishgan, Oliy ta'lim muassasalarining 18 yoshdan 29


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qaroriga muvofiq, jismoniy faollik darajasini oshirishda yuqori natijalarga erishgan, Oliy ta'lim muassasalarining 18 yoshdan 29 yoshgacha bo'lgan talabalari O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan sport formalari hamda ko'krak nishonlari bilan taqdirlanmoqdalar!

😀 Urganch innovatsion universitetida Sport sinovlarining maxsus hamda ixtiyoriy talablari bo'yicha sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, yuqori natijaga erishgan talaba-yoshlar ushbu ko'krak nishon sohibi bo'ldilar va taqdirlandilar!

Vatanimiz bayrog'ini dunyo arenalarida baland ko'tarishga shay bo'lib turgan sportchi yoshlarimizga faqat va faqat zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

  • 12:44 15/11/2024