Call center

Urganch innovatsion universitetida navbatdagi «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida navbatdagi «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Urganch innovatsion universiteti rektor v.v.b., dotsent A. Matnazarov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, dotsent N. Matyakubovlar ishtirok etib, talaba-yoshlarimiz bilan 🇺🇿 «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» mavzusida suhbat qurdilar.

Tadbir davomida bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadri, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda har bir talabaning Vatan taraqqiyotidagi daxldorlik hissi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Darhaqiqat, «Yagona Vatan» g‘oyasi shunchaki so‘z emas, balki har birimizning orzu-intilishlarimiz, mushtarak maqsadlarimiz va ona zaminga bo‘lgan cheksiz muhabbatimiz timsolidir.

Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar va talabalarning mustaqil fikrlari bilan yanada jonli tus oldi.

Yoshlar o‘zlarining ilm-fan, innovatsiyalar va ijtimoiy hayotga daxldor yangi g‘oya hamda loyihalarini o‘rtoqlashdilar.
 

Bu muloqot davomida ham oliygohimiz talabalari nafaqat bilim cho‘qqilarini zabt etishga, balki Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagiga o‘z hissalarini qo‘shishga astoydil harakat qilishlarini alohida ta’kidladilar!

Zeroki, bu buyuk Vatanga loyiq farzand bo‘lmoq — yosh avlod uchun ham qarz, ham farzdir!

  • 16:33 27/08/2026