Call center

Loyiha doirasida navbatdagi «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi


Loyiha doirasida navbatdagi «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Urganch innovatsion universiteti «O‘zbek va xorijiy filologiya» kafedrasi o‘qituvchisi Sh. Xodjayeva tomonidan Xonqa tumani «Obod» MFYda joylashgan 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida tashkil etilgan intellektual o‘yinda maktab o‘quvchilari doimgidek faol ishtirok etdilar.

«Zakovat» — inson aql-zakovati, bilimi va mantiqiy tafakkurini sinovdan o‘tkazadigan, tafakkurni charxlaydigan hamda qalbni ilm nuri bilan yoritadigan buyuk ma’rifiy harakatdir. U shunchaki savol-javob o‘yini emas, balki fikrlar bellashuvi va do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi ma’naviy xazinadir.

едная интеллектуальная игра «Заковат» 

  • 10:32 19/08/2026