Call center

UrIUda Hashar hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari bo'lib o'tmoqda.


 UrIUda Hashar hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari bo'lib o'tmoqda.

Urganch innovatsion universitetida "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi" shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududni ko'kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. 
Xususan, bugun universitetimizga 50 tup Terak, 50 tup Yasin, 100 tup Atirgul, 50 tup Sumax hamda 50 tup Klyog singari manzarali daraxtlarning koʻchatlari keltirilib, oliygoh rahbariyati hamda ishchi-xodimlari tomonidan universitet hududi boʻylab ekish, shuningdek, oligohimiz hududini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus universitet hududining ekologik muhitini yanada yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda sog‘lom va obod muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Ko‘chat ekish jarayonida daraxtlarning parvarishi, ularni sug‘orish va saqlab qolish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

  • 09:18 11/06/2026