Call center

“Talabalar bahori – 2026” haftaligi doirasida “Mushoira” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.


“Talabalar bahori – 2026” haftaligi doirasida “Mushoira” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining adabiyotni, she’riyatni sevadigan va qalam tebratadigan talabalari ishtirok etgan mazkur tanlov ikki shart asosida bo‘lib o‘tdi.
Ijodkor talabalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sh. Saburova hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari G. Jabborova tomonidan baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
 1-o‘rin — Karimova Mahliyo (Urganch innovatsion universiteti talabasi)
 2-o‘rin — Qurolova Kumush (Urganch davlat pedagogika instituti talabasi)
 3-o‘rin — Baxtiyorova Hilola (Urganch davlat tibbiyot instituti talabasi)

Ushbu tanlovda ikkinchi bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ijodkor talabamiz Mahliyo Karimovani universitetimiz rahbariyati hamda talabalari nomidan samimiy tabriklab, uning keyingi ijodiy va ilmiy izlanishlarida ham omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

  • 12:48 12/04/2026