AMALIYOT JARAYONLARI
Urganch innovatsion universitetining “O‘zbek va xorijiy filologiya” kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari shahrimizdagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot jarayonlarida ishtirok etmoqdalar.
Talabalar ta’lim jarayonida faol qatnashib, darslarni kuzatish hamda tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish orqali o‘z kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar.
Bugun maktabning 9-sinf o‘quvchilari uchun jahon adabiyotida chuqur ma’no va hayotiy falsafasi bilan mashhur Jack Londonning Love of Life (“Hayotga muhabbat”) hikoyasi asosida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Dars avvalida adibning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berildi, mashg‘ulotning keyingi qismida esa asar mazmuni va g‘oyaviy tahlili amalga oshirildi.
Shubhasiz, amaliyot jarayonida bunday ochiq darslarning tashkil etilishi bo‘lajak pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasidagi samarali muloqot hamda bilim doirasining kengayishiga xizmat qiladi.