Call center

Urganch innovatsion universitetida 2024-yilgi Parij Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, dzyudo sport ustasi Irisxon Qurbanbayeva ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida 2024-yilgi Parij Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, dzyudo sport ustasi Irisxon Qurbanbayeva ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori v.v.b. Sh. Ismoilov ochib berib, sportning inson hayotidagi o‘rni hamda mamlakatimiz sportchilarining jahon arenalarida qo‘lga kiritayotgan yorqin g‘alabalarini alohida e’tirof etdi.

Shundan so‘ng Respublikamizda dzyudo bo‘yicha kattalar terma jamoasi a’zosi, xalqaro nufuzli musobaqalar sovrindori, Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Islom birdamlik o‘yinlari kumush medal sohibasi Irisxon Qurbanbayeva so‘zga chiqib, sport uning hayotida naqadar muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. U o‘z sport faoliyati orqali Vatanimiz taqdiriga daxldorlikni chuqur his etishini, har bir g‘alaba ortida ulkan mehnat va matonat yotganini qayd etdi. Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan talaba-qizlar orasida ham kelajakda yirik sport yutuqlariga erisha oladigan iqtidorli yoshlar borligiga ishonch bildirdi.

Tadbir yakunida Irisxon Qurbanbayevaga universitet rektori v.v.b. Sh. Ismoilov tomonidan Tashakkurnoma taqdim etildi.

  • 13:44 28/02/2026