Urganch innovatsion universiteti talabalari uchun shahrimiz markazida joylashgan IT PARK XORAZMga navbatdagi sayohat tashkil etildi.
Universitet tyutori M. Niyozova tomonidan uyushtirilgan sayohat davomida talabalar markazda IT sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ushbu yo‘nalishga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.