Urganch innovatsion universiteti mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qiluvchi yoshlarning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Bugungi o‘rganish tadbirlarida universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, dotsent N. Matyakubov hamda tyutor H. Rahmonov ishtirok etib, talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarda yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimining holati kabi muhim masalalar ko‘zdan kechirildi.
Ob-havoning sovishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha talabalarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
HURMATLI TALABA! OGOH BO‘LING!
Zero, siz o‘zingiz va atrofdagilar hayoti uchun ham mas’ulsiz!